Katta loyihalar arxitekturasini noldan qurib, millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsating.
Katta loyihalar arxitekturasini noldan qurib, millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsating.
180+ dasturchilar o'qishmoqdatalaba
Mentor tajribasi:



Kod yozasiz-u, lekin loyiha ortida nima bo'layotini mavhum. Tizimda qilingan qarorlarni anglamaysiz. Jamoada faqat bajaruvchisiz — karyerangizda o'sish to'xtagan.
Ko'r-ko'rona kod yozishni to'xtatib, tizimli fikrlab muammolarga yechim beruvchi bo'lish. Loyiha arxitekturasini tushunib to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkazish.
Ko‘r-ko‘rona kod yozishni to‘xtatib, kompyuter va internet aslida qanday ishlashini tushunish orqali ongli arxitektura qurishga o‘tasiz.
Saytingizga millionlab odam kirganda serverlar 'qotib' qolmasligi yoki o‘chib ketmasligi uchun sistemani yuqori yuklamaga chidamli qilishni o‘rganasiz.
Terabaytlab ma'lumotlar bilan ishlaganda tizim sekinlashib qolmasligi uchun ma'lumotlarni to‘g‘ri saqlash, tezkor qidirish va bazani xavfsiz masshtablashtirishni o‘rganasiz.
Tizim unumdorligini oshirish, o'qish tezligini karrasiga ko'paytirish va kesh bilan ishlash strategiyalarini mukammal o'rganasiz.
Xabarlar navbati va asinxron aloqa orqali mustahkam va masshtablanuvchi (scalable) tizimlar yaratish sirlari.
Real dunyo loyihalari (Twitter, WhatsApp, Uber) arxitekturasini tahlil qilish orqali intervyularga tayyorgarlik ko'rasiz.
Kurs tizim qurish uchun kerakli bo'lgan muhim ma'lumotlarni qamrab olgan. Tizim qurayotgandagi aqlli qarorlar tizimning yuragi hisoblanishini to'liq his qildim. Kattaroq dasturlarda, bu qanday ishlar ekan, degan savollarga javoblar va boshqa uslublarni o'rgandim. Darslarni faqat bir marotaba ko'rishlik ko'pchilik uchun ozlik qiladi. Va iloji boricha maxsus loyihalarda amaliyot qilib ko'rishlik foydali bo'ladi. Men o'rganganlarimni loyihalarda qo'llashni boshladim. Shu sababli, kursdan ulkan manfaat ola oldim deb hisoblayman!
Ko'p yangiliklar oldim, to'g'ri hali amaliyotda sinab ko'rmadim, lekin shu kabi muammoga ro'para kelsam endi nima qilishni bilaman. Hozir o'zim uchun bir loyiha qilyapman, shunda kursdagi ayrim ma'lumotlarni sinab ko'rish niyatim bor.
Kurs juda zo'r, boshlang'ich bilimlar uchun juda yaxshi. Endi bundan buyog'iga buni amalda qo'llasak bo'ldi lekin shu paytgacha bazi qismlarini amalda ishlattim juda qo'l keldi
Yuqori yuklamaga bardoshli tizimlar qurishni o'rganishga doim qiziqardim ammo qanday o'rganishni va nimalarni o'rganish kerakligini bilmasdim, o'zim mustaqil AI'lardan o'rganishga harakat qilganman ammo aniq mavzular ro'yxati va tizim bo'lmaganligi sabali doim qolib ketavergan. 42.uz sababli ushbu bilimlarni o'zlashtirdim. Kurs juda ajoyib katta rahmat.
Kurs juda zo'r, aytilgandek High Level thinking qilishga undaydi. Birinchi g'oyani to'g'rilaymiz, g'oyalar ustida ishlaymiz va keyin implementatsiyani o'ylaymiz. Implementatsiya hammada har xil bo'lishi mumkin. Lekin tizimlashtirish ko'pincha keng ko'lamli bo'ladi.
Kurs haqida fikrim ijobiiy. O'zbek tilida ham bunday mavzudagi kursni borligini o'zi odamni xursand qildi . Terminlarni ham sodda qilib hayotdan misollar keltirib tushuntirganlar.
Kurs sifati zo'r bo'lgan (doimgidek). Masalan, mayda mavzulashtirilgan bo'laklarga bo'lingani juda zo'r.
Tizim dizayni kursi tartibli ketma-ketlikda tashkil etilgan, mavzular chuqur va aniq yoritilgan. Yechimlarni bir-biriga solishtirish va real misollar orqali tizim dizayniga bo'lgan yondashuvim sezilarli darajada yaxshilandi.
Dasturlash haqidagi fikrlarim qisqa vaqtda sezilarli o'sdi. Hozirda menda qaysi database'ni ishlataman, “qaysi framework'da code yozaman” degan fikrlar emas, vaziyatga qarab harakat qilish shakllandi. Va albatta har doim error larga tayyor turish qobiliyati.
ex-Google, Amazon, Meta dasturchisi

Kuniga 500 million suhbatni tahlil qiladigan analitik jamoada faoliyat yuritgan.
Kubernetesning narx samaradorligi - server narxini arzonroq qilish jamoasida ishlagan.

Milliardlab foydalanuvchiga ega Meta Messenger jamoasida tajriba orttirgan.

Bloomberg va Amazon Tizim Dizayni intervyularidan muvaffaqiyatli o'tgan mutaxassis.
Kursga nimalar kiradi:
